САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 25.11.2024
Soat: 09:10

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : Nafsini tiyolmagan ayol
salom xikoyani boshladim bizdan ikki uy narida zebo ismli ayol yashardi erini ismi maxmud 2ta bolasi... davomi

Библиотека | Qo`rqinchli hikoyalar | MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (1-qism)
<< 1 2 3 >>
kishi yarim yalang'och holda o'tirib tamaddi qilishardi. Pachoqburun ularga yaqin borib, buyruq ado etilganini ma'lum qilgach, hojalardan biri Tursunali tomon qarab qo'ydi-yu, indamay lunjidagi taomni chaynayverdi. Pachoqburun u yerda, Tursunali esa yigirma qadam berida xoda yutganday tik turib, ularning taomdan bo'shashlarini kutdilar. Nihoyat, qorin to'yib, nafs orom olgach, yaqinlashmoqqa ijozat bo'ldi.

Tursunali ulardan birini tanidi: u ichki qo'shinlar mayori kiyimida yuradigan, oshxonadagi tartibni kuzatuvchi odam edi. Rezina tayog'ini ko'z-ko'z qilib, o'ynatib yuruvchi bu mayor tartib buzuvchining gardaniga ayamay urib qolardi. Qo'li qichib turgan bo'lsa-yu, tartib buzilmasa, sho'rvasini xo'rillatib ichayotgan odamning ham gardaniga tushirib qolishdan toymasdi. Mayor oshxonada kimning yoniga yaqinlashsa, o'sha odam iloji bo'lsa, ovqatni chaynamayoq yutishga harakat qilardi. Chaynalmagan ovqatni oshqozon hazm qilib yuborar, ammo gardanning rezina tayoq zarbini hazm qilishi qiyinroq edi.

Tursunali yaqinlashgach, mayor o'rnidan turib, ikki qadam naridagi ko'katlar ustiga tashlangan kiyimlar yonidan tayog'ini olib, chap kaftiga urib qo'ydi-da, uning orqasiga o'tdi.

«Uradi shekilli?» deb o'yladi Tursunali. Orqadan zarb kutgani uchun u beixtiyor bukchaydi.

O'tirgan odam uning bu holatini ko'rib kuldi-da:

— Qo'rqma, urmaydi, — deb ovutdi.

Bu odamning kulishi o'ziga yarashardi. Timqora ko'zlari Pachoqburunniki yoki orqada turgan malla ma-yorniki kabi yovuzlik bilan boqmasdi. Qaldirg'och mo'y-labi ham o'ziga yarashgan edi.

Shu sababli Tursunali uni mahbus emas, shu yerning kattalaridan deb o'yladi.

— Men — Tengizman, o'tir, bugun sen menga qo'noqsan.

Bu ismni eshitib, Tursunali ajablandi. Chunki u kelgan kuniyoq yotoqdagi qo'shinisidan «Bu yerning asl xo'jayini polkovnik emas, ashaddiy o'g'riboshi Tengiz bo'ladi», degan gapni eshitgandi. «Tengiz» deganlari umri qamoqda o'tgan, Pachoqburun kabi xunukbashara keksa odam deb o'ylagan edi. O'zidan yoshroq bir yigitning «Men — Tengizman», deyishi shu sababli ham uni ajablantirdi.

— Gapimni eshitdingmi? Kel, o'tir.

Tursunali itoat bilan, huddi qaynonasinikiga birinchi marta kelgan uyatchan kuyov kabi o'tirdi. «Ol, ye», degan taklifni o'rinlatib bajarolmadi. Bir-ikki tishlam non yeb, maydalangan go'shtga qo'l uzatmadi. Yegisi kelib turgan bo'lsa ham, ko'ngli tortmadi.

Qamalguniga qadar ovqatlarning sarasini yeb o'rgangan odam dasturxon ustidagilarni sarqit deb bilib, irgandi. Mehmonga kechikibroq borsa, darhol dasturxon yangilanardi… Endi o'sha kunlarning sadag'asi ketsa arziydi…

Har bir harakatini diqqat bilan kuzatib o'tirgan Tengiz nafsni yengishga nima sabab bo'layotganini sezdi:

— Hazar qilyapsanmi? Nega yemayapsan?

— Hazar qilayotganim yo'q. Qornim to'q.

— Hozircha yangisan. Yana uch-to'rt oy o'tsin, birov chaynab tashlagan chandirni ham ko'zingga surtib yeydigan bo'lib qolasan. Sen menga qo'noqsan. Ol, ye! Meni ranjitma!

Avvalgi taklif endi buyruqqa aylangach, Tursunali beixtiyor go'shtga qo'l uzatdi. Bu buyruqdan so'ng «qorni to'q odam» dasturxonni yamlab yutayozdi. U ovqatlanib bo'lgach, Tengiz dasturxonning bir uchini qayirib yopdi-da, Pachoqburunga qaradi. Buyruqqa mahtal turgan mulozim bu qarashning ma'nosini uqib, dasturxonni yig'ib oldi-yu, nari ketdi. Tengiz mayorga ham bir qarash qilgan edi, u kiyimlarini qo'ltiqlab, chayla ortiga o'tdi.

— To'xtayev, gap bunday, — dedi Tengiz xoli qolishgach.

«Mening familiyamni qaerdan bila qoldi?» — deb ajablandi Tursunali. So'ng «qamoq lageri boshlig'idan ustunroq mavqedagi odamga shuni bilish qiyin ekanmi?» deb qo'ydi.

— Sen albatta tuhmat bilan qamalgan bo'lishing kerak, a?

Qora bulut choki so'kilib, birdan quyosh charaqlaganday bo'ldi: Tengiz Tursunalining ko'nglidagi gapni topib aytgan edi.

— Ha, tuhmat bilan qamashdi, — dedi Tursunali yutinib.

— Bu yerdagilarning hammasi o'zini passajir deb hisoblaydi. Seni bu yerga tuhmat boshlab

kelmagan. Hasislik qilgansan. Pupkarlarni vaqtida moylash kerak edi.

— Kimni?

— Melisani! Nima, bunaqa so'zlarga tushunmaysanmi?

— Ularni… rosa moylaganman. Bekorga yeb ketishdi.

— Yetarli moylamagansan. Molning chanqog'ini tomizg'ichdagi tomchi suvlar bilan qondirib bo'ladimi?

— Bizning ish Maskovning qo'lida edi. Ularni chelaklab ham sug'orib bo'lmas ekan.

— Bo'lmaydigan ish yo'q bu dunyoda, To'xtayev! Nima uchun Moskva senlarga yopishdi, bilasanmi?

— Yo'q, bilmayman.

— Otam rahmatli aytib berardilar. Urush mahalida ikkita o'zbekka bitta miltiq berisharkan. «Bittang o'lsang, ikkinching olib otaverasan», deyisharkan. Otalaring shunga ham ko'nishavergan. Senlar ham otalaringga o'xshagan laqmasanlar. Ahil emassanlar. Bir-birlaringni sotishni yaxshi ko'rasanlar. “Kozyol” ham ko'proq senlardan chiqadi. Senga o'xshagan sovxoz direktori boshqa yerda yo'qmi? Muttaham, poraxo'r hamma yerda to'lib yotibdi. Bunaqalar Armanistonda yo'qmi? Be, senlardan ko'ra ko'proq u yerda. Lekin Gobelyan u yoqqa bormaydi.

O'zinikiga tegmaydi. Senlarning yarmingni qirib tashlasa ham g'ing demaysan-da. Qani, Gorbach armanilarga tegib ko'rsin-chi! Moskvangning oyog'ini osmondan qilib yuborishadi. Senlar esa… — Tengiz hafsalasi pir bo'lib qo'l siltadi. — Senlar mishiqlaringni oqizib, «tuhmatdan qamaldim», deb yig'lab yuraverasanlar. Endi gap shu, bilmasang bilib ol: men — o'g'riman! Ochiqda yurganingda mendaqalardan nafratlanarding, a?

— Yo'q… nega?

— Talmovsirama. Biz — o'g'rilar, senlarning nazarlaringda eng pastkash odamlarmiz.

Aslida esa, senlar pastkashsanlar. Biz o'g'rimiz, bu bilan faxrlanamiz. Bilib qo'y: eng halol odamlar bizlarmiz. Shuning uchun ham odamlar taqdirini hal qilish huquqiga faqatgina bizlar egamiz. «Chestnyaga» degan so'zni eshitganmisan? Ana o'shalar bizlarmiz. Bizda halollikdan bir enlik ham nari-beri chekinilmaydi. Do'stga xiyonat yo'q. Kim bunga jur'at

etsa — boshi ketadi. Senlarda halollik bormi? Sadoqat bormi? Yo'q! Hech narsa yo'q! Oldingda ikki yo'l bor: agar tirik qolsang, o'n to'rt yildan keyin uyingga borasan. Umring qisqa bo'lsa, shu yerda o'lib ketasan. Bilib qo'y, bu yerlarda ilonlar ko'p. Bir chaqishda o'ldiradi. Agar xizmatimizni bekamu ko'st qilsang, seni ilonlardan o'zimiz qo'riqlaymiz.

— Nima xizmat buyursangiz… tayyorman!

— Nima balo, pionermisan, doim tayyorman, deysan? Sen o'ylab, shoshilmay javob ber.

— Shoshilsam-shoshilmasam, menga suyanadigan bir tog' kerak-ku?

— Tog', dedingmi? Yaxshi aytding. Sen suyanadigan tog' bor. Ammo… — Tengiz jilmaydi. Bu

jilmayish avvalgiday beg'ubor emas, balki ayyorlik yeli bor edi unda. — Ammo, suyanish uchun tog' haqini to'lashing kerak. Ochiqlikda har oy maosh olardingmi? Ha, olarding. Xuddi shunga o'xshab, suyanadigan tog' haqini har oyda to'lab turasan. Sen bugun biksangga bir malyava yozasan. Har oyda pul yuborib turadi.

— Pul? Qanchadan?

— Buni xat olib borgan odam aytadi.

— Pulni bu yoqqa yuboradimi?

— Bu sening ishing emas. Pulni bizga tegishli odam borib
Скачать txt | fb2
<< 1 2 3 >>
На главную
Онлайн: 0 / 13

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!