САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 23.11.2024
Soat: 01:17

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : Erkakning qoniqishi
Uning mohiyati nimada? Tabiatan jinsiy aloqa erkak uchun jismoniy ehtiyojdir. Erkakning gormonal va... davomi

Библиотека | Kino va Serial yangiliklari

O‘zbekistonlik ikki talabaning filmi Venetsiyadagi kinofestivalda eng yaxshi deb topildi. Lekin ular festivalga borishga pul topolmadi

Тэги:uznews | yangilik | yangiliklar | news | newsuz | новости | habarlar | ahborot | xabarlar
Добавил:DENTER (14.08.2022 / 23:08)
Рейтинг:rating 1969 article (1)
Прочтений:3372
Комментарии:0
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari — Botir Abdurahmonov hamda Abduazim Ilhomov tomonidan suratga olingan “Mama” (“Ona”) qisqa metrajli filmi Venetsiyada bo‘lib o‘tgan Ca’ Foscari short film xalqaro kinofestivalida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. Yosh rejissorlarning filmi kinofestivalda oliy o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan ularning o‘zi xalqaro tadbirda bevosita ishtirok eta olmadi.Ular buning sabablari va yosh kinorejissorlarni o‘ylantirayotgan boshqa muammo va kamchiliklar haqida jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, “Mama” qisqa metrajli filmi “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda “O‘zbekkinofond” tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga, taniqli rejissor Yolqin To‘ychiyevning ssenariysi hamda badiiy rahbarligida, talabalar — Botir Abdurahmonov va Abduazim Ilhomov tomonidan suratga olingan. Postanovkachi operator — Jamshid G‘aniyev, postanovkachi rassom — Shamsiddin Ibrayimov. Filmda bosh rollarni Farhod Abdullayev va Ilmira Rahimjonova ijro etgan. Film 2017-yili Xorazm viloyatida suratga olingan.

Film Ikkinchi jahon urushi davri haqida bo‘lib, unda urushdan qochgan bolalarni asrab olgan ona haqida hikoya qilinadi. Hozirgacha film hujjatlari yettita xalqaro kinofestivalga topshirilgan. Jumladan, yosh rejissorlar bu film bilan Qirg‘izistonda o‘tgan MDH kinofestivalida ham qatnashgan, film qirg‘iz jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olingan.

“Afsuski, institutimizdan biz kutgan javob bo‘lmadi”

Venetsiyada sakkizinchi bor tashkil etilgan Ca’ Foscari short film xalqaro kinofestivali talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda 30 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashdi. Katta-katta davlatlardan ishtirokchilar kelgan, shunga qaramay, bizning “Mama” nomli filmimiz “Eng yaxshi film” nominatsiyasida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. Nega festivalga borolmadik? Har festivalning o‘ziga yarasha talablari, shart-sharoitlari bor. Masalan, Qirg‘izistondagi kinofestival tashkilotchilari barcha xarajatlari, xususan, safar xarajatlarini ham o‘z zimmasiga olgan edi. Italiyadagi festival talablari boshqacharoq — O‘zbekistondan Venetsiyagacha bo‘lgan yo‘l haqini o‘zimiz ko‘tarishimiz kerak, qolgan xarajatlarni festival tashkilotchilari qoplab berardi. Dastavval, festivaldan kelgan taklifnomalar va ma’lumotlarni o‘zimiz tahsil olayotgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga taqdim qilib, filmimiz festivalga qabul qilingani, shu munosabat bilan Venetsiyaga borishimiz uchun amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qildik. Lekin afsuski, institutimizdan biz kutgan javob kelmadi. Xohlashmadimi yoki bu qandaydir notog‘ri ishmidi, bilmadim. Ulardan: “Biz talabalarning safar xarajatlarini moliyalashtirmaymiz”, mazmunida javob oldik.

Abduazim Ilhomov, “Mama” filmi rejissori

“Alamlisi, festival g‘olibi bo‘lsak-da, uni faqat Facebook orqali kuzatdik”

Abduazim institutda o‘qib turib, festivalga safar masalasini hal qilishda u yerdan yordam ololmagach, men O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Yosh kinoijodkorlar kengashiga murojaat qildim — o‘sha vaqtda Kinematografiyani rivojlantirish markazining “Art house” loyihasida ishtirok etayotgan edim. Yosh kinoijodkorlar kengashi: “Biz bu masalani hal qilolmaymiz, ‘O‘zbekkino’ agentligiga murojaat qiling”,— deyishdi.Buni aytish to‘g‘rimi yoki notog‘rimi bilmadim — asosiysi, biz biror-bir insonni yomonlamoqchi emasmiz: bir tomondan, festivalda g‘olib chiqqanimizdan xursandmiz, lekin alam qiladigan joyi shuki, Toshkent vaqti bilan yarim tunda bo‘lgan festival taqdimotini biz faqat Facebook orqali kuzatib tura oldik xolos, mukofotimizni bizning o‘rnimizga festival tashkilotchilari chiqib qabul qilib olishdi.

Botir Abdurahmonov, “Mama” filmi rejissori
Скачать txt | fb2
На главную
Онлайн: 0 / 20

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!