САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 24.11.2024
Soat: 21:09

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : QAYNIM BILAN QARINDOSHLA
Ismim Guli sizga xikoya qilib bermoqchi bulgan voqeya sabab oilamni saqlab qoldim. oldindan uzr sura... davomi

Библиотека | Qo`rqinchli hikoyalar | MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (5-qism)
<< 1 2
haqqi bormi?

Vafo qilmaydigan xotin erining qamalib ketishini kutib o'tirar ekanmi? Erining buzuqlik daryosiga sho'ng'iganini bilgani hamon bu daryoga o'zini otmasmidi?

Xatida «vafodorim» debdi…

Vafodorim?

Matlubaning xayoliga bir fikr urilib, changalida g'ijimlanib turgan qog'ozni shoshib tekisladi:

«Ha, «vafodorim» debdi. Qiziq, ismimni yozmabdi. Menga hech bunday demagan. Yaxshi kunlarda ham demagan. Anavi yer yetkurni aytgan bo'lishi mumkin. To'xta, to'xta… Balki bu xat o'shanga yozilgandir. U haromi esa, menga jo'natgan bo'lsa-chi? Boyagi turqi sovuq uning xushtoridir balki?..»

Shunga o'xshash fikrlar quyilib kelaverib, Matlubaning boshi og'riqdan zirillay boshladi.

So'ng shu og'riq bahona bo'lib, ho'ngrab yig'lab yubordi. U erini hibsga olishganda ham, sud hukmi o'qilganda ham yig'lamagan edi. To'g'ri, yuragi yomon uvishib edi. Ammo do'st-dushman uning ko'zlarida nam ko'rmagan. Birov «dushmanlar oldida past ketmadi, yig'lamagani yaxshi bo'ldi», desa, boshqalar «buncha bez ekan bu xotin? Hech bo'lmasa kiprigini tupugi bilan ho'llasa-chi, endi erini yana ko'radimi yo'qmi?» deyishgan edi.

Yuragi faryod chekmasa, ko'zlariga yosh kelmasa, nima qilsin? Yig'ining fursati shu kunga belgilangan ekan, astoydil yig'lash uchun erning qamalishi bahona bo'lolmas ekan, xotin kishi o'zining xorlanganini his qilsa, bas ekan. Ayni damda Matluba xorlanish kuyining avj pardaga ko'tarilganini fahmladi. Daqiqalar o'tgani sayin u «maktub» ko'zginang teshilgur Nafisa»ga yo'llangan-u, u juvonmarg makr ishlatib, xushtorini bu yoqqa jo'natgan», degan fikriga astoydil ishona boshladi. Bu fikr tez orada mutlaq hokimlik shoh-supasini egallab, qolgan barcha xayollarni quva ketdi.

Yagona fikrga mahkum bo'lgach, bu zug'umdan qutulish, qutulishgina emas, qarshi hujumga o'tib, g'animni yakson qilish choralarini izlay boshladi. Donishmand ahlining «johilga hilm ila munosabatda bo'l», degan nasihatlariga erkaklar amal qilarlar-u, biroq o'ch olish qasdida yonayotgan ayol ikki dunyoda quloq solmas. Bu sohada ayollarning yagona shiori — «makrga makr qilichi bilan hamla qilmoq kerak!»

Alam o'tida yonayotgan Matluba makr bobida kundoshidan orqada ekanini tan oldi. Birovning erini o'ziga rom qilgan makkoraga pul undirib olish qiyin ish ekanmi? Matluba «uying kuygur Nafisa» ishlatgan yoki reja qilayotgan xiylalar haqida o'ylay boshladi.

Qamoqda erining Tengiz ismli o'g'riboshiga yo'liqqanini u bechora qaydan bilsin? Yaxshiki u kundoshining ko'z ochib ko'rganini sog'inib Sibirga otlanayotganini, erini laqillatib ketish uchun bahona axtarayotganini bilmaydi. Bilsami, hozirgi ahvolini tutash desak, gurillab yona boshlashning qanday bo'lishini tasavvur qilavering. Yaxshiki, Tangri bandalarini ko'p narsalardan bexabar qilib yaratgan. Aksi bo'lgandamidi edi, dunyo xotinlarning g'alvasidan bo'shamay qolarmidi, vallohi a'lam!

Matluba og'riq zo'ridanmi yo qorong'u xaltako'chada milt etgan nur topolmay gangib ezilganidanmi, boshini changallab o'tirdi. Maktabdan qaytgan katta qizi bu ahvoldagi onasini cho'chitib yubormaslik uchun past ovozda salom berdi. Onasi alik olmagach, yelkasidan quchoqladi. Matluba uni quchib, endi unsiz faryod chekdi. Erining xurmacha qiliqlaridan bezgan damlarida ba'zan «bu dunyoda yashab nima qildim?» degan xayolga ham borardi. Ana shu badbinlik ko'chasida ivirsib qolganida Xudoning o'zi yomon yo'ldan qaytarardi — ko'ziga bolalari ko'rinardi. Uch yil muqaddam o'ngida qilolmagan ishi tushida sodir bo'ldi — o'zini yoqdi! Ana shunda bo'zlayotgan bolalarini ko'rib, o'zi ham baqirib yubordi. Bor ovozi bilan baqirgani uchun o'zining ovozidan qo'rqib uyg'onib ketdi. O'shanda to'ng'ich qizi ham uyg'onib, onasini quchoqlab olgan edi. Bu dunyoda uni ushlab turgan zanjir shu farzandlari. Shu topgacha otalik mehrini bermagan «zormanda er» kasriga endi bular ham azob chekishlari kerakmi?

Qizini quchoqlab o'tirgan Matluba shuni o'ylab, yuragi ezilib «bundan ko'ra otib tashlashganlari ming marta yaxshi edi», deb o'yladi. Qizi esa, onasi ma'yuslanib qolganida «adamlarni o'ylab siqilyaptilar» deb o'ylab, xafalik sababini sira so'ramasdi. O'n oltiga yetib qolgan qizi Matlubaning baxtiga g'oyat aqlli edi. U hatto ko'chada otasi haqida mish-mishlarni eshitganida ham dardini ichiga yutardi-yu, onasiga bildirmasdi. Ko'rpa-to'shaklar nima sababdan yoqilganiga fahmi yetgani uchun ham bu xonadonda yashash onasi uchun g'oyat azobli ekanini bilardi. Bilgani uchun ham onasiga suyanchiq bo'lishga intilardi. Lekin onasiga qanday suyanchiq bo'la olishiga bolalarcha aqli yetmasdi. Hozir ham onasini quchgan holda nimadir deb uni yupatgisi keldi. Ammo o'sha «nimadir»ni topolmasdi, aytolmasdi.

Qizining shu tarzda quchoqlashi ham Matluba uchun zo'r dalda edi. U chuqur nafas olib, xo'rsiniqni nari haydadi. Qizining peshonasidan o'pdi-da:

— Nasiba, jon qizim, Zilolani bog'chadan vaqtliroq olib kela qol. Maydonga qarab o't: Shohruh to'p tepgani chiqib ketuvdi. Hammayog'ini rasvo qilmasin, Farruh qani, nima uchun birgalashib kelmadilaring? — dedi.

— Farruh o'rtog'idan kitob olishi kerak ekan, hozir keladi.

Nasiba shunday deb onasi buyurgan vazifani bajarish uchun chiqdi. Qizi chiqishi bilan Matluba avvalgi holatiga qaytdi. Oradan besh-olti daqiqa o'tmay, o'g'li eshikdan asta mo'raladi. Kitob-daftarini qo'yib, ko'chani mo'ljallaganida Matluba uni chaqirib, «Vali akangni chaqirib kel», deb buyurdi.

Valijon — besh uy narida turuvchi yigit. Bilganlar uni «Tursunalining mulozimi», deydi, bilmaganlar «direktorning shopiri» deyishadi. Kim nima desa desin, ammo Valijon xojasiga bag'oyat sodiq edi. Tursunaliga qo'shib uch kun qamab qo'yishganda ham xojasining sirlarini ochmagan.

(davomi bor)
Скачать txt | fb2
<< 1 2
На главную
Онлайн: 0 / 14

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!