САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 21.11.2024
Soat: 01:56

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : Iwxonada bowligim va men
Meni ismim asal men 25 yowman oilaliman 1 nafar farzandim erim bor bir kuni men iwga kiriwga majbur ... davomi

Библиотека | Qo`rqinchli hikoyalar | MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (2-qism)
<< 1 2
paydo bo'lishini kutdi. Sakrab turmoqchi edi, badani o'ziga bo'ysunmadi. Yana ikki-uch nafas behol yotib, so'ng qaddini asta ko'tardi. To'rt-besh qadam narida uzala tushgan Bifshteksni, tiz cho'kanicha uning bilagini ushlab ko'rayotgan Pachoqburunni, uning tepasida sigaret tutatib turgan Tengizni ko'rib, olishuv yakunlanganini fahmladi.

— O'libdimi? — dedi Tengiz, sigaret qoldig'ini nari uloqtirib. — O'libdimi?! Nega baqaga o'xshab angrayasan?

Pachoqburun tasdiq ishorasini qilib o'rnidan turdi. Tengiz orqasiga o'girilib, Nuriddin tomon yurdi.

— Ko'rdingmi? O'libdi. Eng yaxshi odamimni o'ldirding. Xo'sh, endi nima qilamiz? Qolgan o'n yilingni yigirma beshga aylantiramizmi? Yo menga qo'shilasanmi?

Nuriddin o'rnidan turib, labidagi qonni artdi.

— Sizga qo'shilsam, urishib o'tirmas edim.

— Sen oliftagarchilik qilma, baribir sinasan.

— Sinishdan oldin o'zimni o'ldiraman.

Tengiz bir so'kindi-da, o'girilib, Pachoqburunga baqirdi:

— Nimaga lallayasan?! Ko'tar, daryoga tashla. «Kum»ga borib, Bifshteks qochdi, deb ayt. Keyin «lepila»ni boshlab kel.

Qamoq lagerining tabibi muolaja qilib ketgach, Tengiz Nuriddinni chaylaga boshladi. Eski gazetalardan iborat «dasturxon» usti betartib edi. Pachoqburun kirib, chala yeyilgan non- go'shtlarni yig'ishtirib chiqib ketgach, Tengiz alyumin krujkaga to'latib aroq quydi-da, mehmonga uzatdi. Nuriddin uni olish uchun qo'l ham uzatmadi.

— Ha, — dedi Tengiz, qoshlarini chimirib. — Hazar qilyapsanmi?

— Ichmayman, — dedi Nuriddin. So'ng tarang vaziyatni yumshatish maqsadida qo'shib qo'ydi: —

Shu paytgacha ichmaganman.

— Namoz o'qiysanmi?

— Yo'q.

— Unda menga o'xshagan chala musulmon ekansan. Ichmaydigan odamlarni hurmat qilaman.

Ichishni anavi to'ng'izlarga chiqargan. Bu nima, bilasanmi?

— Aroqni aytyapsizmi?

— Ha, sen bilan men buni aroq deymiz. Aslida bu bizning millatimizni qirib tashlovchi atom bomba. Bu enag'arlar bizlarni qanday quritishni bilishgan. Sen bilan biz buning fahmiga bormay ichaveramiz, ichaveramiz. Ichib olib bolalarni tug'diraveramiz. Borib-borib millat qirilib ketganini bilmay qolamiz. Senlar ko'psanlar, uncha bilinmas balki. Ammo biz kammiz. Hademay qirilib bitamiz.

— Siz… gruzinmisiz?

— Yo'q… — Tengiz miyig'ida kuldi: — Men — avarman! — Tengiz bu gapni iftixor bilan aytdi. — Avar degan xalq bor bu dunyoda, eshitganmisan?

Nuriddin eshitmagan edi. Biroz xijolat bo'lgani holda bu haqiqatni tan oldi.

— Sen meni gurjiga o'xshatma. Ular Qofqazni sotishgan. Mening bobolarim esa qofqazimizni bu kofir to'ng'izlardan himoya qilgan. Imom Hamzat, imom Shomil,

Hojimurodlarni eshitganmisan? Ha, eshitmagansan.

— Men… o'qimaganman. Sakkizinchini bitirib, dalaga chiqib ketganman. Keyin harbiyga chaqirishib, Afg'onga tashlashdi. Keyin bu yerlar… Qo'limga bitta kitob olib o'qimaganman sira.

— Unda seni «esh-shak» deganlari to'g'ri ekan. Qaysarliging uchun emas, o'qimaganing sababli esh-shaksan. O'qimagan odamning esh-shakdan nima farqi bor? Sen mening tariximni bilmaysan. O'zingnikini bilasanmi? Sening hamzatlaring, shomillaring bormi? Bilmaysan! Esh-shak ham o'zining ota-bobolarini bilmaydi. Gaplarimga hayron bo'lyapsanmi? «O'g'ridan ham shunaqa gaplar chiqadimi?» deyapsanmi? Men o'g'ri bo'lib tug'ilmagan edim. Ota-bobom ham o'g'ri emasdi. Men o'zimnikilarning ushog'iga ham xiyonat qilmaganman. Men yerimga o'g'ri bo'lib bosib kirganlarning mol-joniga qiron keltiraman. Men o'g'ri emas, qasoskor, xunxo'rman! Ammo o'g'ri degan unvonni olganman. Men uchun qasosning o'zgacha yo'li yo'q.

(davomi bor)
Скачать txt | fb2
<< 1 2
На главную
Онлайн: 0 / 29

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!