Savol: Ayol kishini og‘iz bo‘shlig‘i bilan qoniqtirsa bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, joiz emas. Er-xotin o‘rtasidagi jinsiy muomalalar ham islom odoblari doirasida bo‘lishi lozim. Islom shariatining talabi – yaratilgan har bir narsadan o‘z o‘rnida foydalanishdir. Siz aytayotgan ish esa maqtalingan axloqlarga, islomning go‘zal odoblariga xilofdir. Sof tabiatli inson bunday ishni qilmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, bunday ishlar sababli tupuk aralash maniy yoki maziy kabi iflos najosatlarni yutib yuborishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa haromdir. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan: “Albatta, Alloh chin tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi”. (Baqara surasi, 222-oyat). Ushbu oyatda Alloh taolo obdon poklanib yuruvchilarni sevadi deyilyapti. Shuning uchun najosat tegishi ehtimoli bor narsalardan ham saqlanishimiz lozim bo‘ladi. Tana a’zolaridan bosh qismidan bo‘lgan yuz insonning eng ulug‘ a’zosi hisoblanadi. Ilm-ma’rifat shu joyda joylashgan. U joydan hikmatlar chiqadi. Undan tashqari Qur’on o‘qiydigan tilning bunday najosatlarga yoki najosat o‘rinlariga tegishi loyiq emasdir. Sof tabiatli taqvodor inson ayolidan lazzat olganda ham ehtiyotkorlik va taqvo yo‘lini lozim tutishi kerak. Shuni ham aytib o‘tishimiz lozimki, bunday ishning ortidan saraton kabi ayrim bedavo kasalliklarning kelib chiqishi bugungi kunda isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Inson qasddan o‘zini kasallikka tashlashi esa shar’an man qilingan. Vallohu a’lam.
Manba: "xxx"