САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 21.11.2024
Soat: 20:17

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : Uylarni tozalash va idish yuvishda ishlatiladigan kimyoviy suyuqliklar ayol sog'lig'iga salbiy ta'si
Norvegiyadagi Bergen universiteti olimlari shu mavzuda 20 yil davomida izlanishlar olib borishgan. S... davomi

Библиотека | Zo`rlashlar

Erkakning qoniqishi

Добавил:DENTER (14.07.2021 / 17:28)
Рейтинг:rating 209 article (0)
Прочтений:8210
Комментарии:0
Uning mohiyati nimada?
Tabiatan jinsiy aloqa erkak uchun jismoniy ehtiyojdir. Erkakning gormonal va jismoniy holatiga bog'liq ravishda bu ehtiyoj kuchli, normal va sust bo'lishi mumkin. Agar hayvonot olamida jinsiy aloqa nasl qoldirish uchun ro'y bersa, insoniyatda jismoniy lazzatlanish va ruhiy qoniqish uchun ham amalga oshiriladi.
Erkak uchun har bir aloqa orgazm bilan yakunlanadi. Ayoldan farqli o'laroq erkakda u aloqaning oxiridagina namoyon bo'ladi. Ayolda esa butun jarayon hissiyotga boy bo'lishi mumkin. Aynan mana shu farq erkakni aloqadan ruhiy qoniqishi shart ekanligini ko'rsatadi.
Bu nima degani?
Ayol har safar ham aloqadan lazzatlana olmaydi. Buning uchun uning va erining bunga qo'shgan hissasi bo'lishi kerak.
Erkak orgazmi uchun esa aloqani yakunlashdan boshqa hech qanday qo'shimcha harakat talab etilmaydi. Ya'ni yonida qanday ayol bo'lmasin, go'zalmi yo'qmi, mahorati bormi mahoratsizmi, erkak baribir aloqa natijasida jismonan qoniqadi. Nega unda ba'zida u qoniqmagandek bo'ladi? Sababi, unga ruhiy qoniqish ham kerak.
Jismoniy qoniqish unga yetarli emas, ayolga ham erkakka ham jinsiy aloqadan ruhiy qoniqish talab etiladi. Aynan shu ruhiy qoniqishni o'z ayolida topa olmagan erkak boshqa jinsiy munosabatlarni izlashni boshlaydi.
Ruhiy qoniqishni erkakka nima beradi?
Ayoli! Aloqa davomida erkak ruhan qoniqishi uchun ayolining ozg'in-to'laligi, go'zalligi, kelishganligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ayolining jinsiy aloqadan lazzatlana olishi qobiliyatidan erkak ruhiy qoniqadi, o'z erkakligiga, kuchiga ishonch hosil qila oladi. Bu ishonchni bera olmagan ayol eriga ruhiy qoniqishni hech qachon bera olmaydi.
Erkak qancha qo'pol, kuchli. jahldor bo'lmasin, agar jinsiy aloqada ojiz bo'lsa, u sinadi. Demakki, jinsiy aloqa erkakka kuch beradi, o'ziga ishonch uyg'otadi. Ayoliga cheksiz lazzat keltira olgan erkakning o'ziga bo'lgan ishonchi esa yanada ortadi.
Bu degani ayol eriga ishonch berish uchun lazzatlanishini sun'iy ravishda izhor etish kerak emas albatta, bu bilan u maqsadiga erishmaydi. Ayol haqiqattan eri bilan bo'lgan aloqani sevib qolishi kerak. Bu aloqa u uchun sifatli va yoqimli bo'lishiga eriga ham yordam berishi kerak. Unga nima yoqish yoqmasligi haqida gapira olib, erini kerakli munosabatga unday olishi lozim.
Buning natijasida, ayolini o'zidan, aloqadan chinakam lazzatlanayotganini ko'rgan erkak, ruhan qoniqadi.
Ruham qoniqmagan erkak aybni o'zida emas, jinsiy aloqada ham emas, munosabatlarda, ayolining ko'rinishida izlay boshlaydi.
Insonni hayvondan farqi ongi borligidadir. Hatto jinsiy aloqada ham uning ongi ishtirok etadi. Mana shu ong erkakka jismoniy lazzatlanish yetarli emasligini ko'rsatib turadi.
Yaqinda farzandlik bo'lgan er-xotin orasida birinchi bo'lib jinsiy munosabatlarda salbiy o'zgarish yuz beradi. Ahamiyat bersangiz, ko'pincha bunga sabab ayolda ona bo'lishdan oldingi bo'lgan ehtirosning ancha kamayganligidir. Aynan shu faktor erkakka yoqmaydi. Chunki ayolini jinsiy sovuqqon bo'lib qolganini sezayotgan erkak, ruhan bu munosabatlardan hech qachon qoniqa olmaydi
Erkakda jinsiy aloqa jismoniy qoniqish bilan yakunlanishiga qaramay, ba'zi erkaklar aloqa jarayonida ayolining qo'shimcha mahoratini talab qilishi mumkin, bu shunchaki aloqani go'zllashtirish, qiziqarliroq bo'lishi usulidir.
Muhimi bu emas, chunki aloqa qanday davom etmasin, uning yakuni erkakning jinsiy munosabatga bo'lgan ehtiyojni butunlay so'ndira oladi. Ya'ni u jismonan to'q bo'ladi. Lekin ruhiy qoniqish bunda sodir bo'lmasligi erkakni odatda asabiy, befarq yoki ayoli va uning ishida ayb qidiradigan qilib qo'yadi. Yonida aloqani sevadigan, undan to'liq lazzatlana oladigan ehtirosli ayolni ko'rayotgan erkakgina u ayol bilan jinsiy munosabatda ruhiy qoniqa oladi.
Скачать txt | fb2
На главную
Онлайн: 0 / 12

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!