Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlardan so‘ng ayollarga qaraganda erkaklarning ortiqcha vaznni osonroq yo‘qotishi sabablari ma’lum bo‘ldi. Ushbu maqolamizda shu sabablar to‘g‘risida fikr yuritmoqchimiz.
Muskullardagi og‘irlik zaxirasi
Erkaklar vazni ayollarga qaraganda og‘irroq bo‘ladi. Bu farq ozishning boshlang‘ich bosqichlarida erkaklarga tezroq ozishga yordam beradi.
Organizmdagi yog‘lilik darajasi
Ma’lum bo‘lishicha, ayollar organizmi yog‘lilik darajasi erkaklarnikidan yuqoriroq ekan. Organizm yog‘lilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, modda almashish shuncha sekinroq bo‘ladi. Ya’ni, ayollarda energiyani sarf qilish tezligi erkaklarnikiga qaraganda 10% kam.
Ovqatni yaxshi ko‘rish
Ayollarga ozish qiyinroq chunki, ko‘pincha ovqatni ular pishirishadi va tayyorlash jarayonida kaloriyani o‘ylamasdan bir necha marta tatib ko‘radi. Bundan tashqari ayollar ko‘p vaqtini uyda o‘tkazgani uchun yeyish «imkoniyati» juda katta.