Gollivud aktyori Dueyn Jonson Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida “Forsaj” kinofranshizasining navbatdagi qismida tushishni istamayotganini tan oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bosh rol ijrochisi Vin Dizel bilan oralarida kelib chiqqan ixtilof bunga sabab bo‘lgan.
2016-yilda Dueyn Jonson Instagram’dagi sahifasida Vin Dizelni suratga olish maydonida o‘zini noprofessional tutishda ayblagan edi. Intervyuda aytilishicha, hozirgi paytda ixtilof bartaraf etilgan, ammo Jonsonning filmda qatnashish-qatnashmaslik masalasi noaniq bo‘lib turibdi.
“Suratga olish va hamkorlikka bo‘lgan qarashlarda va hayotiy falsafalarda fundamental farq borligini tushundim. Buni tushunish uchun vaqt kerak bo‘ldi, ammo hozir aniqlik kiritilganidan xursandman”, — dedi Jonson.