Tara Shitalni yordami bilan turmadan qochadi. U Dhanrajgir xonadonida qoladi. Ertalab Reyanshni ovozini eshitib, uni poylaydi. Reyansh niqobini almashtiradi. Tara uning yoniga kiradi. Reyansh Arohi uni ko'rib qoldi deb o'ylaydi:
- Arohi shu yerdamisiz?
Tara: - Siz meni qayerdan taniysiz? Men sizni birinchi ko'rishim.
Reyansh esa Londonda ko'rganini eslaydi. Taraning oyog'i birdan toyib ketadi. Reyansh uni ushlab qoladi. So'ng Taraga suykaladi. Tara esa to'g'anog'ichini olib Reyanshni bo'yniga tirab, unga taxdid qiladi. So'ng Tara "bu yerdan ketishim kerak" deb o'ylaydi.
Roma Arohini nega parishonligini so'raydi.
Arohi: - Otamning qo'li qanday tirnaldi?
Roma: - U Aravachadan yiqilib ketay deb, o'zini tutib qolaman deb qo'li tirnalib ketdi.
Roma Prithiga: - Dip va Tara Dilipni qo'li qanday tirnalganini bilmaslik kerak - deydi.
Arohi Dipni yarasiga plastir yopishtiradi, so'ng bir-biriga tikilib qolishadi. Shu payt kimdir derazadan vaza otadi. Dip "Arohi" degancha Arohini tutib qoladi. Yuzini o'rab olgan odam esa qochib ketadi. Dip esa uni ortidan quvib ketadi.
Arohi Dilipni tekshirish maqsadida uning xonasiga kiradi. Dilip esa xonasida yo'q bo'ladi. Arohini yoniga Roma keladi:
- Tara bu yerda nima qilyapsan?
Arohi ortiga o'girilsa, Dilip aravachada o'tirgan bo'ladi.
Arohi hayron bo'lgancha:
- U hozirgina yo'q ediyu!!! - deydi.
Roma esa ayyorona kulib qo'yadi. Dip qaytib keladi. Arohi unga bu ishni Dilip qilayotganini aytadi.
Dip: - Jinnimisan? U Nogironku! - deb baqiradi.
Ularning gapini Prithvi va Roma eshitib turishadi.
Roma: - Tara menga ishonmadi. Tushunmayapman. Nega u Dipga bu gaplarni aytyapti? Dip Dilip haqidagi haqiqatlarni bilsa, Taradan nafratlanadi. Keyin biz uni tutib turolmaymiz. Bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak - deydi.
Arohi: - Dip haq. Dilipni bunga aloqasi yo'qdir - deydi.
So'ng Arohi Dilipni tekshirish uchun Dilipni aravachasiga yonuvchi toshlar o'rnatadi. Dilip aravachani harakatlantiradi va toshlardan yong'in chiqadi. Arohi darhol Dipga xabar yuboradi. Arohi aravachaga qarasa, Dilip yo'q bo'ladi. Arohi Dipni olib kelib, aravachani ko'rsatadi:
- Qara, Dilip bu yerda yo'q - deb.
Dip hayron qoladi.
Arohi: - Ko'rdingmi. U yura oladi - deydi.
Shu payt Virat:
- Kim yura oladi? Nima deyapsan Tara? Otamni xonasida yong'in chiqibdi. Yerda yiqilib yotgan ekan - deb uni olib kiradi.
Roma bilan Prithi Viratga kulib qarab qo'yishadi. Dip Arohini xonasiga yetalab boradi va uni urushib tashlaydi:
- Bemani shubxalaring sabab otamni havfga qo'yding. Undan uzoqroq yur. Bo'lmasa munosabatimiz yana ham suvoqlashadi - deydi.
Arohini sarisi Dipni tugmasiga ilinib qoladi.
Arohi: - Sen nima desang ham tangri buni aksini ko'rsatyapti - deydi.
Ular bir-biriga termulib qolishadi.
Ahan Dipga qo'ng'iroq qilib, ziyofatga taklif etadi.
Ahan: - Arohi aytmadimi? U biznikida yashayapti? - deydi.
Dip "u Tara bo'lsa kerak" deb o'ylaydi. Politsiya kelib Tarani qochib ketganini aytadi.
Dip: - Qochib ketgan bo'lsa, uni topinglar. - deydi.
Arohi: - Tara qochib ketgan bo'lsa endi nima qilamiz? - deydi.
Dip: - Biz emas, sen. Meni sen bilan ishim yo'q. O'zing o'yla. Men ziyofatga ketaman. - deydi.
Roma: - Biz ham boramiz. - deydi.
Chavanni qo'ng'iroq qilib, kimdir qo'riqchisini urib, behush qilganini aytadi.
Arohi: - uni yoniga boraylik. - deydi.
Dip: - Men boraman. Sen xonangdan chiqma. - deb ketadi.
Dip Chavannini uyiga boradi. Chavanniga eshikni ochishini aytadi. Chavanni karavotni tagidan chiqib eshikni ochadi.
Chavanni: - O'ranib olgan odam kelib, Patelni xushsizlantirdi. Keyin bu yerga kirdi. Meni yashiringanimni ko'rib kuldida, so'ng chiqib ketdi - deydi.
Dip Arohidan havotir oladi. Arohiga esa kimdir qo'ng'iroq qiladi:
- Dipni o'ldiraymi? Chavanninimi? Yoki seni? - deydi.
Arohi telefon nomerga qarasa, uy nomeri bo'ladi.
Telefon qilgan odam:
- Men shu yerdaman - deydida, Arohini xonasiga keladi. Arohi uni turtib yuborib, qochib ketadi. Yo'lakda uni Virat to'xtatadi.
Virat: - Nima gap Tara? Tinchlikmi?
Arohi: - Hech gap yo'q. Dipga qo'ng'iroq qilmoqchi edim. - deydi. So'ng yana xonasiga boradi va Dipga qo'ng'iroq qiladi. Dipga unga kimdir hujum qilganini aytadi. So'ng Arohi Dilipni xonasiga boradi. U yerda Dilip yo'qligini ko'radi va bu ishlarni Dilip qilayotganini anglaydi.
So'ng aravachasini tintib ko'radi. Dipni kollej kartasini topib oladi. "Buni Dilip yashirgan ekanda. Buni yordamida Dip o'tmishini aniqlashim mumkin" deydi...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.