САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 21.11.2024
Soat: 01:36

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : «Oltin malina»: «Joker» eng yomon film deb topilishi mumkin
Kino sohasidagi «Oltin malina» antimukofoti nomzodlari e’lon qilindi. Eng yomon film nomiga 2019 yi... davomi

Библиотека | Kino va Serial yangiliklari

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi seriallarni to‘xtatishga emas, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga

Тэги:hikoya su | hikoya 18 | kerakli maqola | xikoyalar | hikoyasu | 18
Добавил:DENTER (10.08.2022 / 23:47)
Рейтинг:rating 1944 article (1)
Прочтений:3247
Комментарии:0
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy seriallarning muhokamasi qizg‘in davom etmoqda. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova ham bunga qo‘mita munosabatini bildirdi.

— Xorijiy seriallarni to‘xtatib qo‘yish muhim emas. Xizmat yuzasidan juda ko‘p ayollar bilan suhbatlashaman, ular orasida serial ko‘rishni o‘z hayotining mazmuni va maqsadiga aylantirganlari ham uchrab turadi. Ularning fikriga ko‘ra, shu kunlarda televideniye orqali namoyish etilayotgan to‘rt xorijiy filmning efir vaqtini intiqlik bilan kutishar ekan.

Albatta, xorijiy seriallarni ko‘rish yoki boshqa ko‘rsatuvlarni tomosha qilish har bir insonning o‘z huquqi bo‘lib, asosan uning shaxsiy dunyoqarashi, ma’naviy ehtiyoji, saviyasidan kelib chiqadi. Seriallarni taqiqlab qo‘yish ham mumkin, lekin tomoshabin istasa qaysidir serialni internet orqali ham tomosha qilaveradi. Biroq oilada, farzandlar davrasida o‘zbek mentalitetiga mos kelmaydigan seriallarni ko‘rish noo‘rin. Lekin biz qanchalik harakat qilmaylik, baribir bunday seriallar namoyish etilmoqda.

Xo‘sh, bundan qo‘rqish kerakmi? Aslo. Butun dunyoda seriallar namoyish qilinadi. Avvalo, biz farzandlarimizni voqelikka mustaqil, obyektiv, tanqidiy va tahliliy munosabatda bo‘lib, har qanday vaziyatda to‘g‘ri xulosa chiqara oladigan qilib tarbiyalashimiz kerak.

Bu esa yana ta’lim va tarbiyaga, oilaviy muhitga borib taqaladi. Yoshlar nega ijobiy emas, salbiy obrazdagi qahramonlarga ergashib ketishmoqda. Demak, ularda shunga moyillik bor. Buning oldini olish uchun ota-ona farzandining ko‘proq kitob mutolaa qilishiga e’tibor qaratishi lozim. Kimning o‘z fikri bo‘lmasa, boshqaning fikriga ergashib ketaveradi. Dunyoqarashi tor, o‘z fikri yo‘q insonni boshqarish oson. Shu sababli, ularning ma’naviy olamini oziqlantirish kerak. Dunyoqarashi keng, o‘z fikriga ega inson filmlarning salbiy qahramonlariga o‘xshashni istamaydi.

Nazarimda milliy seriallarni ko‘proq yaratish, telekanallarda namoyish etish zarur. Afsuski, hozirgi milliy seriallarni maqtab bo‘lmaydi. Ko‘proq maishiy masalalar atrofida bo‘lgani yetmagandek, pand-nasihatga ko‘p urg‘u berilgan. Yoshlarni ruhlantirib, ularga motivatsiya beradigan, olg‘a intilishga undaydigan seriallar deyarli yo‘q.

Bir so‘z bilan aytganda, gap xorijiy seriallarda emas, voqelikni qanday qabul qilishda. Shunday ekan, seriallarni to‘xtatishni emas, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rgataylik.
Скачать txt | fb2
На главную
Онлайн: 0 / 24

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!