«Tesla» kompaniyasining avtopiloti norvegiyalik mast haydovchining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda «Gizmochina» yozmoqda.
Mashinani boshqarayotgan erkak spirtli ichimlik ta’sirida mast bo‘lishdan tashqari, rulda uxlab ham qolgandi.
Bu paytda «Tesla Model S» yo‘lda harakatlanib ketayotgandi. Nimadir noto‘g‘riligini sezgan elektromobil avvaliga o‘z tezligini pasaytirgan, keyin esa yo‘l chetiga borib to‘xtagan. Shunda ham haydovchi o‘ziga kelmagan, g‘irt mast va uyquda edi.