САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 21.11.2024
Soat: 04:49

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : Кўр ва шол дўст эмишлар
Кўр ва шол дўст эмишлар. Кўр шолни аравачага солиб, етаклаб юрар, шол кўр учун - кўз, кўр эса шол уч... davomi

Библиотека | Hayotiy voqealar
1 2 >>

Telefondagi notanish yigitga ko‘ngil qo‘ydim, keyin bilsam...

Тэги:hikoya su | hikoya 18 | kerakli maqola | xikoyalar | hikoyasu | 18
Добавил:DENTER (04.05.2022 / 00:28)
Рейтинг:rating 1640 article (1)
Прочтений:5900
Комментарии:0
“Umrimiz shu qadar qisqaki,
qandaydir olisdagi baxtni
kutib yashash uchun yetarli
emas. Undan ko‘ra, ba’zida
oldimizdagi, yonginamizdagi
baxtni his qilib yashash
bizga ko‘proq shodlik beradi.
Qaysidir qilayotgan yomon
ishlarimiz gunoh ekanligini
bilamiz, ammo bilib turib qo‘l
uramiz. Eng yomoni, bilib,
yana davom ettiraveramiz...
Bu hislar, bu fikrlar ayni
damda mening boshimda
aylanadi. Tinimsiz charx uradi
va go‘yo pilla qurti o‘z ipiga
o‘ralgani kabi, men ham o‘z
dardimga o‘ralaveraman,
undan
chiqib ketolmayman, yiroqlasholmayman.
O‘ylaganim sari boshi berk
ko‘chaga kirib qolganga
o‘xshayman. Birovga tish
yorib aytolmayman. Aytgim
keladi, ammo...
Yaxshiyam, “Yuragimda
saqlaganlarim...” bor...
Mana, men ham dardimni
to‘kib soladigan bo‘ldim...
Hammasi mening telefonimga
begona raqamdan qo‘ng‘iroq
bo‘lgan kundan boshlandi.
Qizig‘i, qo‘ng‘iroqqa men
emas, dugonam javob berdi.
— Alo? — u o‘zining telefoni
bo‘lmagani uchun erkin va
xushchaqchaqlik bilan.
Dugonamning nozli so‘zlashi
va menga qarab ko‘z qisib
qo‘yishidan yigit kishi
ekanligini payqadim. Yigit
nima dedi bilmadim-u,
dugonam “quloqqa lag‘mon
ilish”ni boshlab yubordi:
— Kimga qo‘ng‘iroq
qilayotganingizni
bilmaysizmi? Ha-a-a... Men
“Adashib tushgan yigitlarni
ro‘yxatga olish va to‘g‘ri
yo‘lga solish”
kompaniyasining
boshlig‘iman... Hm... Yo‘q.
Kompaniya xizmati pullik. Har
adashib tushganingizda hisob
raqamimizga yoki mana shu
raqamga ming so‘m tashlab
qo‘yishingiz shart. Arzon
deysizmi?.. Albatta, bir
adashgan banda, qayta-qayta
adashaveradi va avvaliga har
kuni keyin kunda ikki marta,
so‘ng har soatda adasha
boshlaydi. Qarabsizki, siz
arzon deb baholagan
xizmatimiz uni bor-budidan
ayiradi... Nima?.. Ha, ha biz
faqat mijozlarning manfaatiga
xizmat qilamiz...
Dugonam gaplashaverdi. Men
esa uning ichidan qaynab
kelayotgan gaplardan
zavqlanib kulaverdim. Suhbat
tugagach, yana o‘z ishimiz
bilan band bo‘ldik. Adashib
qo‘ng‘iroq qilgan yigitni
unutdik. Ertasiga
kutilmaganda yana notanish
raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
— “Adashib tushgan yigitlarni
ro‘yxatga olish va to‘g‘ri
yo‘lga solish”kompaniyasimi?
— dedi yigit kishi
dabdurustdan.
Kechagi suhbat birdan
yodimga kelmagani bois,
“Yo‘q” dedim. Birdan yodimga
tushdi va kulib yubordim.
— Kompaniya xodimlari juda
sho‘xmi, deyman?
Sho‘xlik qiz bolaga yarashadi.
Xo‘sh, nechta adashganni
to‘g‘ri yo‘lga soldingiz?
— Sanog‘i yo‘q. Bu dunyoda
adashmagan odam bor
ekanmi? — dedim yigit meni
dugonam deb
o‘ylayotganidan zavqlanib.
— Xizmat haqi
ming so‘mmidi? Tashladim,
ming so‘m. Undan keyin ming
so‘m evaziga to‘g‘ri yo‘lni
topish zo‘r-ku! Qani
edi, rostmana shunday
kompaniya bo‘lsa... Pulini
qo‘yarga joy topa olmay
qolardi. Chunki dunyoda
adashmagan insonning o‘zi
yo‘q. Ikki og‘iz maslahat —
ming so‘m. Minglab odamlar
har kuni qo‘ng‘iroq qiladi.
“Xotinim bilan urishib qoldim.
Negadir yarashgim
kelmayapti. To‘g‘ri
yo‘lni ko‘rsating”, deydi biri.
“O‘g‘lim chetga ishga
ketmoqchi, qaytara
olmayapman. Uni to‘g‘ri yo‘lga
solishning iloji bormi?” deydi
boshqasi. Yana biri esa
“Uylanganman-u, qizlar bilan
ham gaplashgim kelaveradi-
da”... deydi. Menimcha,
shunday deguvchilar ko‘p
bo‘ladi. Agar siz ularga
“To‘g‘risi, har kuni o‘nta qizga
qo‘ng‘iroq qiling. Oxiri bezib
ketib, o‘zingiz bu yo‘ldan
qaytasiz”, desangiz bormi,
mijozlaringiz yanada oshadi...
Yigitning zavqu-shavqqa to‘lib
gapirishiga mahliyo bo‘ldim.
O‘z-o‘zidan savolga tutdim:
— Sizam shunaqa maslahat
istab qo‘ng‘iroq
qilayotgandirsiz, honahoy...
— Albatta. Mening ham
xotinim, ikkita o‘g‘lim bor.
Lekin negadir notanish
qizlarga qo‘ng‘iroq qilib
suhbatlashish jonu dilim, —
hech narsani yashirmadi u.
Men esa birdan dedim:
— Bo‘pti...
— Ie, shoshmang. Men xizmat
haqini to‘lab qo‘yganman.
Gaplashishga majbursiz.
— Nima qilasiz, xotiningiz,
bolalaringizga xiyonat qilib...
— Qani, xiyonat
qilayotganim? Men bir
kompaniya
xizmatidan foydalanayapman,
xolos...
Xullas, u aloqani uzishimga
yo‘l qo‘ymadi. Ertasiga
ham, indiniga ham
xuddi rostmana kompaniya
xizmatidan
foydalanayotgandek, telefon
raqamimga ming so‘m
tashlaydi-da, gaplashaveradi.
Men ham hech narsa deya
olmayman. Lekin oilasi borligi
uchun bu suhbatga chek
qo‘yishim kerakligini yaxshi
bilardim. Shunday qildim, ham.
U esa darhol xabar yo‘llash
yo‘liga o‘tdi. Ochig‘i,
gaplashmaganimga qo‘ymadi.
Suhbatlasha-suhbatlasha unda
uchrashish istagi ham paydo
bo‘ldi. Bir-birimizdan qayerda
yashashimizni so‘radik. Eng
qizig‘i, bizdan sal narida,
uzoqroq qo‘shnimiz desak
ham bo‘larkan...
Oxiri ko‘rishdik...
Uni ko‘rdim. Yaqindan, yaqqol
ko‘rdim: chiroyli, kelishgan,
qoshlari tutash, ko‘zlari yashil
tusli... Xuddi xorij kinolaridagi
aktyorlarni eslatadi.
Lekin yuragim jiz etmadi.
Ya’ni, unga nisbatan o‘zimda
hech bir hisni tuymadim.
Bundan xursand ham bo‘ldim.
Axir uning oilasi bor!
— Boshqa menga qo‘ng‘iroq
qilmang! Bu uchrashuv
birinchi va oxirgisi. Yana,
bizdan u qadar uzoq
bo‘lmagan “dom”da ekanmiz.
Shahar bo‘lgani bois, bir-
birimizni bilmaganmiz. Qishloq
yo mahalla bo‘lsa, bunaqa
bo‘lmasdi. Yuzxotir qilib ham
gaplashmasdingiz.... — dedim
dangaliga ko‘chib.
Bu gaplarim unga kor qilmadi.
Qo‘ng‘iroq qilishni kanda
qilmasdi. Shu tufayli
telefonimni bir necha bor
o‘chirib qo‘ydim. Ishga
tushirganimda esa
uning qo‘rg‘iroq qilganini
bildiruvchi o‘nlab xabarlar
turnadek tizildi...
Oradan kunlar o‘tdi. Men bora-
bora unga o‘rgana boshladim.
U esa hamon qo‘ng‘iroq
qilishdan charchamasdi.
Suhbatimiz uzoq cho‘ziladigan
bo‘ldi. Bir-ikki kun
suhbatlashmay qolsak, bir-
birimizni sog‘inardik. Gap-
so‘zimiz ko‘proq hazil-
huzuldan iborat bo‘lar, jiddiy
gaplashishga yuragim
betlamasdi.
“Nega u bilan
gaplashyapman? Nega
tanishdim? Bundan ne
naf? Biribir turmush
qurmasak, baxtli bo‘lmasak... U
xotini, ikki o‘g‘lidan voz
kechib, senga uylanarmidi?
Shuni bila turib, nega
gaplashishda davom etasan?”
Bu oxiri yo‘q savollarga javob
topishga o‘zimda kuch topa
olmasdim. Bilib-bilmay
mubtalo bo‘lgan muhabbatim
oldida ojiz edim.
Juda, judayam, ojiz...
Yoz chillasi. Unga o‘zim
qo‘ng‘iroq qildim. Ayol
kishining “Alo?” degan
muloyim ovozi eshitildi. Qotib
qoldim.
— Yaxshimisiz? Kim kerak,
edi? Xo‘jayinimmi? Nega
indamaysiz? — yaxshi gapira
boshladi ayol. — Xijolat
bo‘lmang, erimga ish
yuzasidan bunaqa
qo‘ng‘iroqlar har kuni bo‘ladi...
— O‘zlari qayerda? — dedim
beixtiyor.
— Hozir keladilar. Nima deb
qo‘yay? Ismingiz nima?
Qayerdan
qo‘ng‘iroq qilyapsiz?
— Ismim... — ayolning
muloyim va shirin muomalasi
meni tilga kiritgandi.
— Gapiring. Ular kelguncha
tanishib turaylik...
— Men siz bilan tanisha
olmayman... — dedim birdan
cho‘chib.
— Nega?
— ...
— Ha-a, bilaman, nima uchun
tanisha olmasligingni? Xotini
bor deb o‘ylamaganding, a?
Uylanishini
kutib yurganmiding?..
Ayol bilan anchagina “san-
man”ga bordik...
Lekin o‘ylaymanki, u meni
ko‘cha-ko‘yda ko‘rsa
Скачать txt | fb2
1 2 >>
На главную
Онлайн: 0 / 32

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!