САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 24.11.2024
Soat: 10:46

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : 1 апрель
15-аср охирларида христиан армияси ҳочликар Андалус мусулмонларининг сўнги қалъасини ўраб олади. Қиш... davomi

Библиотека | Hayotiy voqealar | Real xikoya
<< 1 2 3 4 >>
kiydi-yu, atrofida girdikapalak bo‘layotgan xotinining olqish-duolari ostida shosha-pisha uyni tark etdi.
* * *
Akbarali bejiz xavotirlanmagan ekan.
Uy qurish yoki sotib olish uchun qarz undirishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari, yelib-yugurib to‘g‘rilanadigan bir qop me’yoriy hujjatlari bor ekan.
Ammo eng asosiysi – qiymati olinayotgan qarz miqdoridan kamida biru chorak barobar ko‘proq bo‘lgan garov mulki kerak ekan.
Akbaralida garovga qo‘yishga arzirli mulkning o‘zi yo‘q edi. Mabodo bunday mulkni topgan taqdirida ham, olgan qarzini vaqtida qaytarishga ishonchi yo‘q edi.
Akbarali “erta… indin… ko‘rilayapti… komissiya yig‘ilsin” deb yana bir-ikki oyni amallab o‘tkazdi. Biroq Xolnisaning ahvoli tobora yomon bo‘lib bormoqdaydi. Erining kurakda turmaydigan bahonalarini eshitgan zahoti lablari pir-pir uchib, rangi ko‘karib ketayotgan juvon endi sira tilini tiyib turolmaydigan bo‘lib qolgandi.
Akbarali yaxshi gapirib ham ko‘rdi, baqirib-chaqirdi ham, hatto bir-ikki marta qo‘l ham ko‘tardi – bari befoyda. Uy haqidagi orzu-havas juvonning butun o‘y-xayolini egallagan, ta’bir joiz bo‘lsa, qonini ham zaharlab ulgurgan va endi Xolnisani bu darddan forig‘ qilish juda-juda mushkul, amalda bajarib bo‘lmaydigan yumush edi.
* * *
Boshini ming bir eshikka suqib ko‘rgan Akbarali nihoyat o‘ylay-o‘ylay allaqachon “yangi o‘zbek”ka aylanib ulgurgan Akmalning dang‘illama, Xolnisa orzu qilganidan ham ko‘rkamroq bo‘lgan hovlisiga bordi.
Akmal avval rosa o‘zini taroziga soldi.
– Pul topish qiyin bo‘lib borayapti, – dedi u nasihat ohangida. – Pulni sarflash oson. Hali to‘rtta jiyanni o‘qitishim, uchtasining to‘yini qilib berishim kerak. Barisining tashvishi mening bo‘ynimda…
Xullas, Akbarali sarg‘ayib turaverdi, Akmal nasihat o‘qishini qo‘ymadi.
Axiyri, uchinchi bor bosh egib borganida, Akmal sal yon berganday bo‘ldi.
– Mayli, – dedi u katta iltifot ko‘rsatayotganday sal mensimagan ohangda, – besh ming “ko‘k”idan berib turaman. Bir yilga. Ustiga yigirma foiz qo‘shib, olti qilib qaytarasiz. Agar qaytarolmay qolsangiz…
Akmal Akbaraliga sinovchan tikildi.
Akbarali mahzun tarzda yelka qisarkan:
– Bir amallarmiz, – deb ming‘irladi.
– Osmondan pul tushmaydi, jo‘ra, – dedi Akmal istehzo ohangida. – Sizda aniq biznes-reja yo‘q.
– O’zingiz o‘rgatsangiz… – ojizona ming‘irladi Akbarali.
– Hammaga o‘rgataversam, o‘zimga nima qoladi? – piching qildi Akmal. So‘ng murosa ohangida dedi: – Ha, mayli, birga ishlaganimiz hurmati. Ozgina yordam beraman. Lekin qolgani o‘zingizga havola. Qattiq bo‘lishingiz kerak. Bir so‘mni bir joyga bekorga sarflamang. Shuning uchun, mayli, arzimasa ham, uyingizni garovga qo‘yib turasiz endi…
Akbaralining yuragi simillab og‘rib ketdi. Bir xona bo‘lsa ham, har qalay, o‘z uyi; ta’mirlayverib charchamaydi, xuddi kengayib qoladiganday.
Ammo boshqa iloj ham yo‘q edi.
Akbarali rozi bo‘ldi.
Ishiga puxta Akmal kelishuvni notarius orqali rasmiylashtirishni talab qilib turib oldi.
Akbarali xotinim ko‘nmaydi deb yuragi po‘killab turgandi.
Yo‘q, ko‘ndi. Faqat quvonch bilan:
– Ishqilib, endi hovlili bo‘lib qolamizmi? – deb so‘radi.
Bunga javoban Akbarali bosh irg‘ab qo‘ydi, xolos.
Xolnisa yosh boladay chapak chalib, osmonga sakradi.
* * *
Biroq holva degan bilan og‘iz chuchib qolmas ekan.
Akmal juda oddiy qilib biznes-rejaning mohiyatini aytib bergandi: biron ikki minglarga olti sotix yer sotib olish, bir yarim minglarga poydevor ko‘tarish, yigirma mashina tuproq olib kelib yoz bo‘yi g‘isht quyish, darrov devorni ko‘tarishga kirishish, ikki xonali vaqtinchalik uy tiklab, o‘sha yerga ko‘chib o‘tish va qolganini asta-sekin quraverish. Ya’ni tor joyda, oilaviy yotoqxonadagi katalakda osh yegandan ko‘ra, olti sotixli katta yerda musht yeyish…
Biroq bularning bari… aytishga oson ekan.
Orada quvonchdan ko‘zlari charaqlay boshlagan, yuz terisi silliqlashib, chiroyli bo‘lib ketgan, go‘yoki o‘n yoshga yashargan Xolnisaning baxtiyor kunlari demasa, Akbaralining boshi tashvishdan chiqmay qoldi.
Akmal maslahat bergan shahar chekkasidagi, uy-joy uchun qurilish uchastkalari ajratilgan joylarning ham narxi oshib ketibdi. Dallollardan biri ishonch bilan:
– Qaerga borsangiz boravering, to‘rt mingdan kamiga yer yo‘q! – dedi.
Akbarali izlayverdi. Oxiri uy qurish uchun olib qo‘ygan olti sotix yerini uch mingga sotishga rozi bo‘lgan bir odamni topdi. O’zini Mansur deb tanishtirgan bu odam gapiga qaraganda, o‘g‘lini shoshilinch uylantirayotgan ekan, shuning uchun pul zarur bo‘lib qolibdi. Bo‘lmasa-ku, kelajakda oltinga teng bo‘ladigan yerni arzimagan pulga sotib yuborishni xayoliga ham keltirmagan ekan.
“Kelajakda oltinga teng bo‘ladigan yer” o‘t bosib yotgan quruq yer edi. Akbarali shunga ham quvondi.
Bunaqangi savdolarga ishi tushib yurmagan Akbarali yer egasining o‘zidan yo‘l-yo‘riq so‘radi:
– Bu yog‘i endi qanday bo‘ladi?
– E, bu yog‘i juda oson! – dedi Mansur aka kiprik qoqmay. – Siz menga pulni berasiz, men sizga tilxat yozib beraman. Tilxat bu hujjat. Yo menga ishonmaysizmi?
Akbaralining issig‘i chiqib ketdi:
– Yo‘g‘-e. Bu nima deganingiz, aka?
– Qoidasi shunaqa-da o‘zi, ukam.
Xuddi shunday qilishdi: Mansur aka tilxat yozib berib, Akbaralidan uch mingni sanab oldi.
* * *
Savdo-sotiqdan so‘ng oradan bir haftaga yaqin vaqt o‘tdi.
Akbarali ta’tilga chiqdi.
Bir kuni erta tongda o‘zi sotib olgan yerni ko‘rmoqni mo‘ljalladi. U yer chekkasini belgilab chiqmoqchi, so‘ng ustalar bilan gaplashib, poydevor qurish ishlarini boshlab yubormoqchi edi.
Hali quyosh ufqda yuz ko‘rsatmagan edi.
Shunga qaramay, atrof yop-yorug‘.
Akbarali shudringga ko‘milgan o‘t-o‘lanlarni bosib o‘tib dalaga yetib keldi.
Ajabki, u sotib olgan yerda novcha bir kishi g‘imirlab yurardi.
Akbarali shoshib shu tomonga yurdi.
Salom-alik, “hormang, bor bo‘ling”lardan keyin novcha kishi g‘urur ila shu yerni uch mingga sotib olganini aytib maqtandi.
Akbarali garangsib qoldi. So‘ng simillab og‘rigan yuragini siqimlarkan, quruqshab ketgan lablarini yalagancha:
– Adashmayapsizmi? – deb so‘ray oldi, xolos.
Endi novcha kishi Akbaraliga ajablanib qaradi…
* * *
Bo‘ldi qiziq hangomalar.
Tez orada ayon bo‘ldiki, Mansur aka deganlari xuddi shu olti sotix yerni to‘rt kishiga sotgan ekan. Aslida yer… Mansur degan odamga tegishli emas ekan.
Mansur aka deganlarini topib bo‘lmadi.
Aytishlaricha, aldanganlardan bittasi militsioner yordamida uni bir amallab topibdi. Ammo Mansur aka deganlari:
– Men senga yer sotmaganman! – deb turaveribdi. – Sotadigan yerim ham yo‘q! – debdi keyin.
Shunda tilxatni ko‘rsatishibdi.
Mansur aka deganlari ilonning yog‘ini yalagan ekan.
– Bu notarius tasdig‘idan o‘tmagan, bir pullik ahamiyati yo‘q, – deb turib olibdi. So‘ng o‘zini topgan odamga do‘q urishga tushibdi: – Esingdan chiqdimi, to‘rtta sheriging bilan kelib, meni urib-tepib, “o‘ldiramiz” deb qo‘rqitib, shu tilxatni yozdirib olganding…
Xullas, shunaqa gaplar…
Ozgina ilinj, umid bor. Ammo buni eshitgandan so‘ng Akbarali chuv tushganini angladi.
Mol achchig‘i – jon achchig‘i.
Shusiz ham necha kundan
Скачать txt | fb2
<< 1 2 3 4 >>
На главную
Онлайн: 0 / 8

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!