САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 24.11.2024
Soat: 19:20

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : Jodugar ammaning kirdikorlari
Mahallamizda bir telba xotin yashaydi. Uning qachon, qaerdan paydo bo'lganini bilmayman. Bilganim un... davomi

Библиотека | Umr manzaralari | Sirli-sehrli tushlar
<< 1 2 3
mo‘ralab qo‘yayotgan chittakni hisobga olmasa, hech kim yo‘q.
-Men seni bildim, mard bola ekansan,–gap boshladi Salim.–Lekin bugungi ishni atayin qildingmi-yo‘qmi, bilmayman.
-Qaysi ishni?
-Ana, istagan bolangdan so‘ra, Dildorani men yaxshi ko‘raman...
-Yaxshi...–dovdirab qolganimni sezdirmaslik uchun tezda so‘zimni davom ettirdim.–Lekin menda ayb yo‘q, birodar. Dildoraning o‘zi meni yaxshi ko‘radi...
-Yo‘g‘-e, o‘zi aytdimi?–Salimning ko‘zlari pirpirar, g‘alati sarosimaga tushib qolgandi. Yarasiga tuzni qalinroq sepishni xohlardim:
-Ishonmasang, o‘zidan so‘ra, sevgimiz ramzi bo‘lsin deb ismimizning bosh harfini yozib ro‘molcha tikib berdi. Mana istasang o‘zing ko‘r,–deb kecha Dildora bergan ro‘molchani cho‘ntagimdan chiqardim.
Salimning tili ancha vaqt kalimaga kelmay qoldi, rangi o‘chdi. Qo‘limdagi ro‘molchaga ijirg‘anib qaradi-da, hech nima demasdan kelgan yo‘liga qaytib keta boshladi.
Men uni ruhan mag‘lub etganimdan o‘zimda yo‘q xursand edim.
***
Ertasiga Salimni ko‘rmadim.
Bir hafta o‘tgach terim tugab, o‘qish boshlandi.
Keyin bilsam, Salim hujjatlarini olib litseydan ketibdi. U paytlari og‘irroq shart-sharoitga o‘rganmagan, ota-onasining papalashi natijasida“oftob ko‘rmay”o‘sgan bolalar qiyinchilikka chidolmay o‘qishni tashlab ketardi. Chunki yotish-turish qat’iy tartib asosida, o‘qimasang litsey ro‘yxatidan osongina o‘chirib tashlashadi. Menimcha, Salim undaylardan emasdi. Boshqa biror sababi bordir. Lekin ortiq so‘rab-surishtirmadim.
Kelasi hafta Dildora ham o‘qishga kelmadi. Paxtadan qaytgach gaplashmoqchi bo‘lgandim,“Siz bilan gaplashadigan gapim yo‘q”, dedi-da yotoqxonasiga kirib ketdi. Ustimdan bir chelak sovuq suv quyilgandek bo‘ldi. Nima qilishimni bilmay so‘ppayib turib qoldim. Go‘yo bu sharmandachilikni hamma ko‘rib turganday o‘zimdan o‘zim uyalib ketaman, vujudim lovullaydi. Oxiri, ahmoq odam suymaganga suykaladi degan xulosaga keldim, yotoqxonaga kirib o‘zimni karavotga otdim. Lekin uyqum kelmadi, qandaydir noma’lum his yuragimga og‘ir toshday botib turardi.
Uch-to‘rt kun Dildorani ko‘rmagach o‘zimga bergan va’dalarimni unutdim. Qizlar o‘zi shunaqa bo‘ladi: ba’zan yaxshi muomala qiladi–sevadi deb o‘ylaysan, ba’zan esa yaqiniga yo‘latmaydi. O‘sha kuni Dildoraning kayfiyati yo‘qroq edi, shekilli. Shuning uchun gaplashgisiyam kelmagan bo‘lsa kerak... Xullas, shunga o‘xshash o‘y-xayollar bilan o‘zimni aldab oldim.
Eng yaqin o‘rtog‘i biror narsa bilsa kerak deb, Muattardan Dildora haqida so‘radim. U ham aniq bir gap aytmadi, mazasi yo‘q, shekilli, deb qo‘ya qoldi.
Oradan yana bir hafta o‘tdi. Nima bo‘ldi ekan? Muattardan gap so‘rayverib bezor qildim. Uning aytishicha, Dildoraning sog‘ligi yaxshi emas ekan, shuning uchun litseydan butunlay ketibdi. Hozir shaharda, qaysidir qarindoshinikida yashayapti ekan. Sal bo‘lsa ham kalavaning uchini topganday edim, lekin Dildorani ortidan surishtirib bormadim.“Nimaga kelding, sen bilan gaplashadigan gapim yo‘q degandim-ku!”desa nima qilaman? Yana“Qizlar o‘zi shunaqa bo‘ladi...”deb ming‘irlab qaytib kelaveramanmi? Yo‘q bunaqasi ketmaydi. Bir marta o‘lib bo‘ldim, keyingisi ortiqcha.
Shunday qilib, ilk muhabbatimni unutishga qaror qildim. Lekin o‘zimni ovutishning chorasini topolmay qiynalardim...
***
Bor-yo‘q voqealar–shu.
Odam ba’zan bitta tushni takror-takror ko‘rishi mumkin. Balki sizdayam shunday bo‘lgandir, kichkinaligimda bir xil yoki davomli tushlarni ko‘rib turardim. Kecha Dildorani uchratgan paytim xira tuman ichida qolgan, eng qiziq joyida uzilgan tushimning davomini ko‘raman deb o‘ylagan edim. Biroq...
Men bir paytlar orzu qilgan, ko‘nglimni allalagan tuyg‘ular sarob bo‘lib chiqdi. Tushida juda katta boylikka ega bo‘lib turganda uyg‘onib ketgan kambag‘alday dilimni ojizlik va alam egallab oldi...
***
-O‘zgarib ketibsiz, - deb gap boshladi Dildora salom-alikdan so‘ng.–Mendan xafadirsiz-a?
-Yo‘q, nimaga?
-Sizga xat qoldirgan edim-ku.
-Qanaqa xat, men hech qanaqa xatni ko‘rganim yo‘q.
-Muattar hech nima bermaganmidi?
-Yo‘q, hech nima bermadi, aytmadiyam.
-Yaxshi qilgan ekan, o‘sha voqealardan keyin butun g‘azabimni, alamimni qog‘ozga to‘kib solgandim.
-Tushuntiribroq gapiring, hech narsaga tushunmayapman.
-Siz Salimga Dildora meni yaxshi ko‘radi, ismimizni yozib ro‘molcha tikib berdi debsiz. Men unday bo‘lgani yo‘q deb qasam ichsam ham ishonmadi, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim deb turib oldi. Birgina shu yolg‘on gap uchun hamma narsadan voz kechib ketdi. Muhabbatidan ham, mendan ham. Axir, men uni sevardim...
Shu yerga kelganda butun vujudimga chumoli o‘rmalaganday bo‘ldi, yuragimning tub-tubida og‘riq turdi, keyin bu og‘riq boshdan oyog‘imgacha tarqadi, hamma yog‘im uvushib, ko‘z oldimni qorong‘ilik qopladi.
-O‘shanda sizdan ham, o‘zimdan ham nafratlanib ketdim. Salim o‘qishni tashlab ketgach, men ham u yerda ortiq qolishni istamadim. Butun xayolimni band qilgan alamli savollardan qochishga urindim.
Salim bilan ortiq ko‘rishmadik. Eshitishimcha, o‘qishni butkul tashlab yuboribdi, Rossiyaga borib ustachilik qilayotgan ekan.
Dildoraga biror so‘z deb javob qaytarolmadim, o‘zimning dardim o‘zimga yetardi.
***
Ertalab qat’iy bir qarorga keldim. Bugun institutga boraman, qabul komissiyasiga uchrab, hujjatlarimni qaytarib olaman. Sirli-sehrli tushlar ortiq davom etishini istamayman.
Скачать txt | fb2
<< 1 2 3
На главную
Онлайн: 0 / 15

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!