САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 24.11.2024
Soat: 12:37

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : Xurmoning salomatlik uchun foydali jihatlari
O‘lkamizda do‘lananing uch turi iste’mol qilinadi. Farmatsevtika sanoatida asosan qizil, sariq rangl... davomi

Библиотека | Umr manzaralari | Hayot go'zal !!
<< 1 2
uchrashishlarini unutib qöyishi mumkinligiga qiz ishonmasdi. Lekin ösha kuni u hech narsa demadi. Keyingi kunlarda ular yana odatdagidek vaqtlarini xushchaqchaqlik bilan ötkazishardi. Lekin qiz negadir yigitning közlariga boqqanida yashirin bir ma'noni sezardi. Yigitning doimgi tabassumi bu sirni qiz bilib olishiga imkon bermasdi. Yigit qiz bilan köproq vaqt birga bölishga urinardi. Soatlab yonma-yon ötirardilar... Bir kuni qiz yana uzoq vaqt xiyobonda yigitni kutib qoldi. Yigitdan xabar bölavermagach ketmoqchi böldi. Lekin shu vaqtda uzoqdan yigit körindi. - Salom, - dedi yaqin kelgach. - Nega bunaqa yuryapsiz, oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin ursin, velosipeddan yiqildim. Ular odatdagidek örindiqqa ötirgan köyi, quyosh botishini tomosha qildilar... Ösha ondayoq qizning yuragi nimadandir öta g'ash edi. Balki, ösha kuni qizning yuragi yigit bilan shunday sönggi bor yonma- yon ötirganliklarini sezgandir... Ertasiga qiz yigitning shifoxonada ekanligini eshitganida, karaxt bölib qoldi. Ming xavotir ila tezda yetib keldi. Uni yigitning yoniga qöyishmadi. Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan. Kechagi kun tongda kasali xuruj qilgan va kasalxonaga keltirishgan ekan. - Unga yurish mumkin emasligini aytgandik. Lekin u kechroq kasalxonadan qochib ketibdi. Mana oqibati. U oyoqlarini his qilmaydi. Shol... Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib kelayotgan köz yoshlarini töxtata olmasdi. Xamshiraning sönggi gaplari öta dahshatli ovoz bölib, qizning quloqlari ostida jaranglardi: U oyoqlarini his qilmaydi... Shol... Yigit uyg'ongach qiz uning yoniga kirdi. Yigitning ahvolini körib, battar siqildi. U yig'lardi, yigit közlarini shiftga tikkancha gap boshladi: - Bilasanmi, seni birinchi marta körganimda maktabda 7- sinf eding. Öshanda pushti lenta taqvolganding... Yigit biroz tin olgach davom etdi: - Biram chiroylisanki... Sen bilan juda shirin hayot kechiraman deb öylagandim... Buni qara, baribir peshonaga yozgani bölarkan... - Bas qiling! Qiz köz yoshlariga erk berdi. Juda ham ezilib yig'lardi. - Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap aytaman. Qiz yigit aytgandek qildi. Yigit qizning yuzini silagancha shunday dedi: - Qachon hayotda nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlaringni mana bunday qilib sidirib tashla, - yigit barmoqlari bilan qizning közlaridagi yoshni artdi,- Chunki hayot gözal... Qiz shu kuni tongga qadar yig'ladi. Ösha tunda u yigitni qanchalar sevishini tushundi. "Men baribir umrbod u bilan qolaman",- qaror qildi qiz. Ertasiga shifoxonaga kelgan qiz yigitni topolmadi. Unga yigitni tongda Germaniyaga olib ketishganligini aytishdi. Qiz holsiz devorga suyanib qoldi. Uning boshida million xil hayollar aylanardi. Nega? Öylardi u. Shu mahalda unga bir xamshira qip- qizil atirgul keltirib berdi. Qiz yigit bergan sönggi gul bandidagi qog'ozchani titragan qöllari bilan arang ochdi. Unda shunday yozilgandi:"Bilasanmi, doktorlar mening tirik qolishimga deyarli umid yöq deyishdi. Insult xavfi kundan- kun oshib borarkan. Sen meni baribir tashlab ketmasding. Men esa sening judayam baxtli bölishingni istayman... Men juda uzoqqa ketyapman. Bilasan- a, seni judayam sevaman. Agar sen ham meni zarracha sevsang, ötinaman, men uchun ham baxtli hayot kechir. Sira ham yig'lama. Yig'laganingda meni yuragim og'riyotgan böladi. Kelishdikmi? Men uchun esa baribir hayot gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan uyg'onmasman, lekin hayotim juda gözal. Chunki unda sen borsan..."Qiz maktubni quchganicha juda uzoq yig'ladi... Qiz ikki yil yigitning xotirasi bilan yashadi. Keyin yigit aytganidek yashashga harakat qildi. Bir yigitga turmushga chiqdi. Ammo uning hayollari tubida hamon eski xotiralar hukmronlik qilardi. Har lahzada uni yod qilib yashardi. Ög'illik bölganida, unga yigitning ismini qöydi... Taqdir qizga hali ancha sinovlarni tayyorlab qöygan ekan. Farzandi tug'ilgach köp ötmasdan, eri avtohalokat tufayli dunyodan köz yumdi. Qiz tag'in köz yoshlari tubiga g'arq böldi. 4 yil vaqt ötib ketdi. Endi qizning hayotdagi bori ög'li va xotiralari edi. O'g'lini bog'chaga kuzatib qo'ygach, qiz bir vaqtlar yigit bilan uchrashuv joyi bo'lgan xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi."Hayot gözal"deb, kulib turadigan yigitning qiyofasini köz oldiga keltirdi. Oradan shuncha 8 yil ötgan bölsada, uning muhabbati bir qatra bölsin, kamaymagandi... Uyga kelgach, yuragi sog'inchdan boshqacha urayotganligini his qildi va özi"shirin xotiralar" deb ataydigan qutini ochdi. Özining portreti, ösha pushti zontik, dastxatlar... Hamma- hammasini bir- bir körib chiqdi. Uyga kirib kelgan ög'il oyisining yig'layotganini kördi. U sekin oyisining yoniga keldi. - Oyi, qachon hayotda nimadandir siqilsangiz, kimnidir sog'insangiz, köz yoshlarni mana bunday sidirib tashlang... Qiz köz yoshlarini artayotgan ög'liga hayrat bilan tikilib qoldi. - Buni kim... kim aytdi? - Bir amaki oyingni sira ham yig'latma dedilar, rasm chizishni ham örgatdilar. Qizning yuragi qachonlardir yigit yomg'irli kechada"Hayot gözal" deganidagi kabi zarbli urardi. "Nahotki u tirik bölsa?"Qiz tonggacha mijja qoqmadi. Allohdan umidlari puch bölib chiqmasligini söradi. Ertasi kun bog'chaga borib, rasm murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib qöyishdi. Xonaga kirgan qiz burchakda turgan yangi chizilgan suratni tanidi. Qachonlardir tongda uyg'onganida dökoncha devoriga chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz judayam hayajonlanardi. - Balki yordamim kerakdir? G'alati ovoz, qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi. Ögirilganida qarshisida ösha rom qiluvchi tabassumi bilan yigit turardi... Yigitni Berlinda 3 yil davomida davolashgan, keyin 2 yilga yaqin nogironlik aravachasida yashagan, nihot keyin butunlay sog'ayib ketgandi. Ular ancha vaqt bir- birlariga termulib qoldilar. Qizning sakkiz yil oldingidek chiroyi yigitning ösha vaqtlardagidek jozibador tabassumiga qarshi turardi. Qiz shu yillar ichida ilk marta sevinganidan yig'lardi. Yigit qizga yaqin keldi. - Qachondir nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlarni mana bunday sidirib tashla... Keyingi jumlani ular baravariga aytishdi: - CHUNKI HAYOT GÖZAL.
Скачать txt | fb2
<< 1 2
На главную
Онлайн: 0 / 4

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!