САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.

Гость!
Bugun: 21.11.2024
Soat: 23:50

Вход Регистрация

Tasodifiy Maqola : 25 ёшли йигит отасини ҳақорат қилган танишини пичоқлаб ташлади
Шундан сўнг у ашёвий далилларни йўқ қилишга уриниб, воқеа жойидан яширинган, деб ёзмоқда Zamon нашри... davomi

Библиотека | Hayotiy voqealar
1 2 3 >>

XORIJLIK KELIN…

Добавил:DENTER (15.10.2021 / 23:17)
Рейтинг:rating 1271 article (0)
Прочтений:11346
Комментарии:0
Qishloq, baribir, shaharga o'xshamaydi. Ayniqsa, uylanish, uzatilish bobida qishloqdagilar boshqacharoq yo'l tutishadi. Birontaning bolasi qayoqdadir o'ris yoxud boshqa bir millatning qiziga uylanib kepti, deyishsa bormi, katta-yu, kichikka xudo beradi. Bo'yetib-etmagan qizchalar «xorij»lik kelinning qanaqangi bo'yanishi-yu, oyog'iga qancha tovonli poyafzal kiygani bilan qiziqishsa, momoxonlar uning ro'mol o'ramagani, ustiga-ustak kaltagina yubka kiyib olganini ko'rib: «Voy-y, betingdan buzilgu-ur, anavi lopillagan sonlariga hech bo'lmasa latta-putta tashlab olsa o'larmikan?!» — deya burnilarini jiyirishadi…

Yo'q… Bu ham mayliydi… Qodir ota bunaqangi mayda-chuyda gap-so'zlarga qo'l siltab qo'ya qolardi… Masjiddagi chollar qo'ymayapti… Axir nima bo'lgandayam, mahalla-ko'ychilik!.. Manaman degan Sadir qorilar bilan bir tovoqdan oshesa, bir joynamozda o'tirib namoz o'qisa-yu, o'zboshimcha o'g'li Umrzoqni tiyib qo'yolmasa… Armiyaga ketayotganda qancha tayinladi. «Hoy, o'g'lim, uerlar begona yurt, tag'in shaytonning gapiga kirib bitta-yarimta o'ris qiziga uylanib qo'ymagin. Undaylar qarigan chog'ingda xor qiladi. Kelganingdan keyin enang ikkovimiz maslahatlashib Mo'min buvangning qiziga uylantirib qo'yamiz. Sokina ja ko'hlik qiz bo'lgan… O'zing bilasan-ku!..» — deyaverib jag'ida-jag' qolmadi… Qayoqda… Ko'ngli sezgan ekan… O'g'lim armiyadan keldi, deb yuragini hovuchlagancha ko'chaga chiqsa, Umrzog'i tushmagur bir qo'lida jomadon, ikkinchi qo'lida sap-sariq o'ris qizni yetakla-ab kelayapti-ya!.. Voy, endi nima qiladi?.. Dardini kimga aytadi?.. Mahallaga qanday tushuntiradi?.. Bu sho'ring qurg'ur Natashasi na til bilsa, na supur-sidir qo'lidan kelsa!.. E, ahmoq, hech bo'lmasa, til o'rgatib, keyin opkelsang o'larmiding?! Ish o'rgatish bo'lsa, enangni o'zi bir marta og'ilxonaga sudraklab kirgandayoq mulla qip qo'yardi…

Qodir ota darvoza hatlab ichkariga kirdi-yu, qotib qoldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, o'ris kelini ikkala soni lang ochiqerga engashgancha sochini yuvar, Umrzoq esa uning boshiga suv quyib turardi….



* * *



Qodir ota «kelini»ning bu qilig'idan ensasi qotib indamay ichkari uyga kirib ketdi. Umrzoq sezdi. Harqalay, «eski» odam-da, otasi. Hozirgi yoshlarni qayoqdanam tushunsin…

— Sengayam boshqa joy qurib ketganmidi bosh yuvishga? — norozi ohangda g'udranib qo'ydi Umrzoq qo'lidagi quruq choynakni bir chetga irg'itib.

— Chto, chto?.. — Natasha o'zbekchaga tushunmay yelka qisdi, — Tы mojesh govorit po russki? — Umrzoq umrida birinchi marta xotiniga jahl aralash o'qrayib qaradi.

— E, o'rischaga balo bormi qishloqda?.. Buer enangni uyimas, bildingmi?.. Nozlanmay til o'rganib qo'ysang bir yering kamayib qolmasdi… — Agar Umrzoq shu gaplarini biron-bir o'zbek qiziga aytsa, boplab javob qilardi. Natasha bunday o'zbekcha achchiq-tirsiqlarni, afsuski, tushunmadi. Faqat erining jahli chiqqanini yuzidan sezib labini burgancha xonasiga yo'l oldi…

Yo'q. Qodir otaga boyagi ko'rganlari hali holva ekan. Peshin namozini o'qish ilinjida tahorat olish uchun hovliga chiqqan qariya Natashaning qornidan baland kofta, buning ustiga shim kiyib olganini ko'rib, esxonasi chiqib ketayozdi… Ha, bu Umrzoqning shimi… Ie…

— Hoy, Umri! — bor ovozda qichqirdi Qodir ota o'g'lining xonasi tarafga o'girilib. Qariyaning bejo hayqirig'ini eshitib bir tomondan Umrinisa xola, ikkinchi tomondan Umrzoq jonholatda sarpoychan yugurib chiqishdi.

— Ha-a, otasi?! — Umrinisa xola gap nimada ekanini darhol anglab yoqa ushladi, — Voy, sho'r-i-im!.. Hoy, qizim, qaynotangizdan uyalmadingizmi shu ahvolda ko'chaga chiqishga?.. Voy, sho'rimga sho'rva to'kilib qoldi-i!.. — Umrzoq xotinining navbatdagi hunaridan xijolat tortib asta boshini egdi. Natasha bo'lsa, ularning hayron bo'layotganini ko'rib sovuq jilmayib oldi-da, «derevnya» degancha yelka qisib tomorqa tomonga o'tib ketdi…



* * *



Ajnabiy kelin Mozormahallada paydo bo'ldi-yu, qishloqdagilarga xudo berdi. Natasha goh shim kiyib, ba'zan kalta yubkada qishloq ko'chasidan o'tib qoldi deguncha, o'smir o'g'il bolalar to'p-to'p bo'lishib uning ortidan chopishar, turli betamiz so'zlarni aytib, jig'iga tegishar, xotin-xalaj go'yo tsirk tomosha qilayotgandek burchak-burchakdan xufiyona mo'ralab zerikishmasdi… Bora-bora bularning hammasi Natashaning joniga tegdi. Ayniqsa, kim bilandir dardlashgisi, hasratlashgisi kelganda izlay-izlay bironta bo'lsin rusiyzabon odam topolmagani juda alam qildi. O'ylay-o'ylay, bu qishloqda ortiq tura olmasligiga ko'zietdi va eriga masalani ko'ndalang qo'ydi.

— Men bu qishloqilar orasida ortiq yashay olmayman, — dedi u yig'lamsirab, — bu yerlardan olib ket meni!.. — Umrzoq garchi rus tilida bo'lsa-da, xotinining sensirab gapirishini sira o'ziga singdirolmasdi. Qishloqda ko'cha changitib o'sgan-da, bu «yangilik»ni eshitib to'poricha gap qildi.

— Ke, qo'y shu gapingni!.. Seni qayga oboraman hozir?.. Likang-likang qilmasdan yashagin-da mundoq qishloqchasiga bo'lmasa!.. — Natasha esa, bu gaplardan so'ng yanada alami oshib bir o'zi yo'lga otlanishga qaror qildi va kiyimlarini yig'ishtira boshladi.



* * *



Natasha haqiqatan o'zini xo'rlangandek his etdi. Moviy dengizni eslatuvchi ko'm-ko'k ko'zlaridan oqib tushayotgan yosh to'xtamagan sari ich-ichidan o'ksinaverdi. Jomadon tutgan qo'llarini qaltiroq bosib, har qadam bosganda nozik tizzalari bukilib-bukilib bordi… Axir… o'zbek tilini umrida eshitib ko'rmagan bo'lsa nima qilsin?.. Bu ham yetmagandek, qishloq odamlari juda g'alati bo'larkan… Tizzadan baland ko'ylak kiysa nima qipti?.. Biror narsa o'zgarib qolarmidi?.. Er bo'lib biron martayam yonimni olmadi-ya!.. Bo'lmasa, uyoqdagi va'dalari qanaqa edi…

Natashaning xayoli bo'lindi. Ko'rimsizgina avtobus bekatida ikki-uch nafar shirakayf o'smir bolalar o'tirishgan ekan. Ular kelishgan, buning ustiga sochlari yoyiq ajnabiy ayolni ko'rishdi-yu, sakrab o'rnilaridan turib ketishdi… Bir tomoni kayfchilik, bolalardan biri sekin unga yaqinlashib tegajog'lik qila boshladi:

— Devichkaxon, kuda poydyom-a?.. Kuda poydyom?.. — Allaqachon yig'lashdan to'xtab, ancha o'zini bosib olgan Natashaning bu gapdan negadir kulgisi qistadi-yu, indamay teskari qaradi. Bolalar tanimasni siylamas deganlaridek, uning indamaganini noz-karashmaga yo'yishdi chamasi, baravariga tashlanib qolishdi. O'z yurtida bu qadar behayoliklarga duch kelib ko'rmagan Natasha bu to'pori bolalardan qanday qutulishni bilmasdi. Nima bo'lsa bo'lar dedi-yu, qo'lidagi jomadonnierga qo'yib bezorilarning yoqasidan olmoqchi bo'ldi. Qayoqda?.. Ichkilik ta'sir qilib yanada kuchga to'lib ketgan qishloq bolalari hash-pash deguncha uning kiyimlarini yechib, o'zini o'rindiqlardan biriga yotqizishdi… Yaxshiyam Natasha tilli-jag'li ayol. Ovozining boricha baqirib Umrzoqni yordamga chaqirdi. Chaqiraverdi, chaqiraverdi… Oradan qancha vaqt o'tdi, bilmaydi. Qaerdandir bezorilarning tepasida paydo bo'lgan Umrzoq ularni ko'r-ko'rona tepkilay ketdi. Tepkilayverdi… Tepkilayverdi… Agar jon shirinlik qilib qochib qolishmaganida…



* * *



Umrzoq hammasiga
Скачать txt | fb2
1 2 3 >>
На главную
Онлайн: 0 / 36

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Каждый день новые истории!